Astraxan universiteti negizida oʻzbek tili va madaniyati, Urganch universiteti negizida rus tili va madaniyati oʻrganiladi.
Shuningdek, universitetlar qoʻshma taʼlim dasturlarini, oʻqituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini amalga oshiradi, sabzavot kolleksiyasini yaratish, chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, talabalarning yozgi amaliyoti davomida birgalikda arxeologik qazishmalar olib boradi.