“Bu xizmat koʻrsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat”, — dedi davlatimiz rahbari.
Masalan, Urganch shahridagi oʻrganishlar natijasida 61 ming kvadrat maydoni, 21 gektar yeri boʻlgan 45 ta davlat binosi aniqlandi. Ular negizida mehmonxona, xizmat koʻrsatish va savdo markazlari, koʻngilochar maskanlar qurib, kamida 500 kishini band qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat koʻrsatadigan obyektlar boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Angarik mahallasidagi boʻsh maydonda maʼmuriy binolar qurilib, Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga koʻchiriladi.
Mutasaddilarga Urganch, Xivadagi barcha maʼmuriy binolarni savdoga chiqarish boʻyicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.