Markaz xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Negaki, unda azaliy qardoshlikni ifoda etuvchi adabiyotlar, davlatlarimiz rag'barlarining uchrashuvlariga doir fotoko'rgazmalar bilan bir qatorda Ozarbayjonning milliy-ma'naviy qadriyatlari, tarixi, adabiyoti, madaniyati va san'ati haqida hikoya qiluvchi kitoblar, ulug' shoir va yozuvchilarning siymolari, elektron adabiyotlar, shuningdek, YUsuf CHamanzaminlining hayoti va ijodiy faoliyatini o'zida aks ettiruvchi asarlar, suratlar joy olgan.

Bugun Ozarbayjon delegatsiyasi a'zolari ishtirokida ushbu markazning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori, professor Boboxon SHaripov, Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Botir Saidov, Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullaev ishtirokida bo'lib o'tgan marosimda ikki mamlakat o'rtasidagi azaliy mushtarak jihatlar, an'ana va urf-odatlar, do'stona aloqalar, ta'lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik munosabatlari rivojlanib borayotgani e'tirof etilib, «YUsif Vazir CHamanzaminli nomidagi ozarbayjon-o'zbek do'stlik markazi»ning ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga katta ishonch bildirildi.

Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi va adabiyotiga oid boy kitoblar to'plami sovg'a sifatida taqdim etildi.

UrDU Matbuot xizmati