баннер
21 Apr 2025
03:18

    “Urganch—Xonqa—Hazorasp—Amudaryo daryosi—A380» avtomobil yoʻlining bir qismi rekonstruksiya qilishi mumkin

    Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda YETTB ishtirokidagi “D 213 “Urganch—Xonqa—Hazorasp—Amudaryo daryosi—A380” avtomobil yoʻlining 0—84-km qismini rekonstruksiya qilish“ loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borildi.

    Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida YETTB bilan 2024-yil 2-mayda 238 mln dollarlik qarz bitimi imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 294,1 mln dollarini tashkil qiladi, shundan YETTB qarz mablagʻlari–238 mln dollar, Oʻzbekiston Respublikasining ulushi – 56,1 mln dollar qilib belgilangan.

    Loyiha doirasida 84 km uzunlikda 4 tasmali (hozirda 2 tasmali) sement-beton qoplamali avtomobil yoʻli quriladi, qiymati 15,8 mln dollarlik 43 ta koʻprik (1000 pm), 27 mln dollarlik 2 dona yoʻl oʻtkazgichlari (1000 pm), 1,7 mln dollarlik 3 ta yerusti piyodalar oʻtish yoʻllari hamda 70 km piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etiladi.

    Uchrashuvda, shuningdek, “Toshkent-Samarqand“ pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasining joriy holati yuzasidan ham muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar har ikki loyihani jadallashtirish boʻyicha oʻz takliflarini berishdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech