Urgut ekstremal turizm turlari oʻtkaziladigan joyga aylantiriladi

    Turizm 11 May 2025 1082

    Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Andak mahallasi togʻlarida “Xalqaro paraplan festivali“ boʻlib oʻtmoqda.

    Qayd etilishicha, festival ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, ekstremal turizm turlarini ommalashtirish xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida Urgut doimiy ekstremal turizm turlari oʻtkaziladigan joyga aylantirilishini taʼkidladi.

    Ikki kun davom etadigan festivalda 10 ta davlatdan 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

    Shuningdek, festival dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik koʻrgazmalar, konsertlar, milliy oʻyinlar va qiziqarli musobaqalar oʻrin olgan.