Joriy yilning 21-aprel kuni soat 19:00da Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga 2 nafar fuqaro Urgut tumanidagi togʻlarda dam olish maqsadida chiqib, yoʻldan adashib qolganligini maʼlum qilib, pastga tushub olishda yordam soʻrab murojaat qilgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Urgut tuman yongʻin-qutqaruv qismining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 22-aprel kuni soat 02:45 da fuqarolar “Allayaron” togʻining dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.
Ushbu fuqarolarning xavfsizligi taʼminlangan holda togʻdan pastga olib tushilgan. Fuqarolarning sogʻliqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.