Аyni paytda Urgut tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʼtkazilmoqda.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʼrilmoqda.

Urgut tumanida boʼlib oʼtayotgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Turdiev Mamatjon Muqumovich tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jabborov Botir Shukurovichning nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.