Prokuraturaning aniqlashicha, Urgut tumani “Mingtepa” mahallasida joylashgan “Toʻlqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy obyektga juda koʻp miqdorda 4 mlrd soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan oʻrta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.