Urgut tumanidagi “Quyoshli uzumzori” fermer xo'jaligida 50 gektar er maydoni ajratilib, dorivor va ziravor o'simliklar klasteriga aylantirildi.

Bu avvalo, yurtimiz farmatsevtika sanoati uchun xomashyo tayyorlash va dorivor o'simliklarni xorijga eksport qilishga qaratilgan. Hozirda ushbu klasterda dorivor o'simliklardan Gavzabon, Sassiq kovrak va Qizilmiya (shirinmiya) dorivor o'simliklari ko'paytirilmoqda.

Ajratilgan maydondan joriy yilning dekabr` oyida 2 ming tonna dorivor o'simlik olinib, 100 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.