Urgutda turizm qishlogʻi va klasteri tashkil etiladi

    Turizm 4 Fevral 2021 4755

    Urgut tumanida Qoratepa-Omonqoʻton togʻ turizmi klasteri tashkil etiladi. Tumandagi Tersak qishlogʻi “turizm qishlogʻi”ga aylantiriladi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti boshligʻi Dilshod Narziqulov maʼlum qilgan.

    Qayd etilishicha, 2021-2022-yillarda Samarqand viloyatida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan jami qiymati 3 trln 337 mlrd soʻm boʻlgan 126 ta loyihani amalga oshirish hamda 3 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilishi boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirilgan. Bu loyihalarning salmoqli qismi joriy yilda amalga oshiriladi.

    Jumladan, tarixi Amir Temur davriga borib taqaladigan Samarqand shahridagi Bogʻibaland mahallasi “turistik mahalla”ga, Urgut tumanidagi Tersak qishlogʻi esa “turizm qishlogʻi”ga aylantiriladi. Samarqand shahridagi A.Navoiy va I.Karimov koʻchalari ham turizm koʻchasi boʻladi. Urgut tumanida Qoratepa-Omonqoʻton togʻ turizmi klasteri tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan.