Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hududidagi savdo do‘konlarining birida o‘smir bola kaltaklanganligi aks etgan videotasvirlar keng tarqalgan edi.
Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumani hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konida fuqaro Q.F. oilaviy masala tufayli turmush o‘rtog‘ining voyaga yetmagan ukasi 2008-yilda tug‘ilgan N.S.ni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.