Urgutga temiryoʻl tarmogʻi tortish ishlari boshlandi

    Samarqand shahar hududidan boshlanuvchi yangi temiryoʻl tarmogʻi Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan 4R-238 avtomobil yoʻlini kesib, Zarafshon daryosi boʻylab oʻtadi va ushbu daryo ustida barpo etiladigan koʻprik orqali Urgut tumaniga boradi.

    Shu yilning fevral oyidan boshlab Samarqand shahri va Urgut tumanini bogʻlovchi temiryoʻl qurilishiga kirishilgan edi.

    Uzunligi 55 kilometr boʻlgan yangi tarmoq “Toshtemiryoʻlloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja boʻyicha zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etilmoqda.

    Samarqand shahar hududidan boshlanuvchi yangi temiryoʻl tarmogʻi Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan 4R-238 avtomobil yoʻlini kesib, Zarafshon daryosi boʻylab oʻtadi va ushbu daryo ustida barpo etiladigan koʻprik orqali Urgut tumaniga boradi.

    Bugun yangi temiryoʻl tarmogʻini tortish ishlari boshlandi.

    Temiryoʻl tarmogʻi tortish tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev yangi temiryoʻl tarmogʻi aholining uzogʻini yaqin qilishi, turizm, savdo-sotiq va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini yanada oshirishini taʼkidladi.

    «Oʻzbekiston temir yoʻllari« AJ kapital qurilish direksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Anvar Allamuratovning taʼkidlashicha, temiryoʻl oʻtadigan 55 kilometr yoʻlning 25 kilometriga temiryoʻl tarmogʻi tortish uchun qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shuningdek, ikkita vokzal qurilishi boshlangan boʻlib, birinchisi Urgut shahrida, ikkinchisi Urgutning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Jartepa hududida barpo etilmoqda.