Yoki, “Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar qurib, “Eko shaharcha” barpo etilsa, turistlarga yil 12 oy xizmat koʻrsatadigan maskanga aylanadi.
Shu bois, mutasaddilarga Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish, master-reja ishlab chiqib, lotlarni savdoga chiqarish topshirildi. Ushbu loyihaning infratuzilmasi uchun 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Urgutdagi yondashuvlar asosida yana 245 million dollarlik loyihalar hisobiga 8 ta tumanda 15 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
Umuman, kelasi yil 600 million dollarlik turizm loyihalarini boshlab, kamida 35 ming aholini band qilish zarurligi qayd etildi.