Urmiya ko'li butunlay qurib qoldi

    Eronning G'arbiy Ozarbayjon viloyatidagi Urmiya ko'li butunlay qurib qoldi. Bu haqda Turkiyaning TRT telekanali xabar berdi.

    Qayd etilishicha, dunyodagi eng yirik tuzli ko'llardan biri bo'lgan Urmiya ko'li qurib qolgani aks etgan sun'iy yo'ldosh tasvirlari Eron OAVlarida tarqatilgan.

    Avvalroq Eron rasmiylari ko'rilgan choralar natija bermasa, yoz oxirigacha ko'l qurib ketishini ma'lum qilgan edi.

    Tehron ma'muriyati ko'lni qayta tiklash uchun byudjeti 6 milliard dollar bo'lgan yirik ekologik loyihani boshlagan bo'lsa-da, mamlakatda davom etayotgan qurg'oqchilik tufayli kutilgan natijaga erishilmagan, deb xabar berdi report.az.