Oʻzbekiston uchun ajratilgan 10 ming kv.metrdan ortiq maydonda qad rostlagan Registon ansamblining nusxasi mehmonlar ruhiyatiga Samarqand nafasini olib kirdi. “Oʻzbekiston” pavilyonining tashkil etilishi mamlakatimizning sayyohlik jozibadorligini yanada oshiradi.
Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Joʻqori Kengesi raisi Amanbay Oʻrinboyev, Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev, Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farxod Arziyev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
“Oʻzbekiston bogʻi” koʻp asrlik oʻzbek-xitoy doʻstligining oʻziga xos ramzi boʻlib, ushbu goʻzal bogʻ shahar mahalliy aholisi va mehmonlarining sevimli maskaniga aylanishiga ishonamiz. Shu bilan birga, ushbu bogʻ Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni bilan birgalikda oʻzaro madaniy, gumanitar va sayyohlik tadbirlari uchun muhim maydonga aylanadi” , – dedi U. Shodiyev oʻz nutqida.
Maʼlumot uchun, Urumchi shahrida ochilgan “Oʻzbekiston” pavilyoni mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.