Xitoy tajribasini oʻrganish va hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Toshkent viloyati hamda Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, Toshkent viloyatining Urumchi shahrida ochilishi koʻzda tutilgan vakolatxonasi faoliyati muvofiqlashtiriladi. Shu bilan birga, tomonlar oʻrtasida Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni bilan yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa yoʻnalishlarda amaliy hamkorlik kengaytiriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimining qarori imzolandi.