Tanlov xususiy mahalliy agrosanoat korxonalari o'rtasida qishloq xo'jalik mahsulotlari qiymat zanjirini yanada rivojlantirish, savdo ko'lami va hajmini oshirish, aholi bandligini ta'minlash hamda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirishga qarataligan. Ushbu tashabbus AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan besh yillik Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
U USAID Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg'armasini tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur Jamg'arma qishloq xo'jaligi yo'nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarda yangi texnologiyalarni joriy etishini qo'llab-quvvatlaydi va bu orqali ularning o'sishiga ko'maklashadi. Bu O'zbekistonga o'z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, mintaqaviy hamda xalqaro savdo hajmlarini oshirish imkonini beradi. USAID yuqoridagi mezonlarga javob berishi mumkin bo'lgan, hususan, ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta'minlovchi korxonalardan biznes g'oyalar bo'yicha takliflarni kutib qoladi.
Loyiha tanlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun butun qiymat zanjiri bo'ylab qo'shimcha qiymat yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali O'zbekiston qishloq xo'jaligida xususiy sektor rivjolanishini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
Tanlov uchun arizalar 2021-yilning 16-iyul sanasigacha qabul qilinadi. Dastur to'g'risida batafsil ma'lumot: https://www.usaid.gov/uzbekistan saytida.