Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari va respublika togʻ oldi va togʻli hududlarining baʼzi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2-avgustda janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol

15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Hafta oʻrtasidan Oʻzbekiston hududining katta qismida havo ochiq boʻladi, faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati biroz koʻtariladi va kechalari 20-25o, kunduz kunlari 34-39atrofida boʻladi.

1-avgustda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.