Seshanba va chorshanba kunlari Qozogʻiston hududi boʻyicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat Oʻzbekistonning harorat foniga taʼsir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 9-14° iliq atrofida saqlanib turadi.
Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha atrofida boʻladi, kunduz kunlari 15-17° iliqqacha koʻtariladi.
8-dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10-dekabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tuman tushishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.