Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34° atrofida boʻladi, bu avgust oyining birinchi yarmi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38° gacha koʻtarilishi kutilyapti.

Respublikaning janubida va choʻl zonalarida ayrim kunlarda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-toʻzonlar bilan kuchayishi kutiladi.

8-avgustda Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.