Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilgʻori boʻlgan Ucell kompaniyasi hamda USMʻning Oʻzbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan ham oʻrin olgan.
Oʻzbekiston hukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar investitsiya, shu bilan birga USMʻning shoʻba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistanʻni kiritmoqda.
QK tarkibiga kirish uchun “USM Telecom” va MegaFon “Didjital Invest” kompaniyasiga asos solishdi, unda kompaniyalar ulushi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda “Didjital Invest” ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.
Bitim doirasidagi jarayonlar 2021-yil davomida yakunlanadi.