Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan noyob tarixiy bino — jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi.
150-yillik ushbu inshoot koʻrkam Buxoro meʼmorchiligining mukammal saqlanib qolgan noyob namunasidir.
Uy nafaqat unda mashhur jadid vakili yashaganligi, balki aynan shu yerda ilk yangi usul maktablaridan biri ochilgani, unda turli fanlar bepul oʻqitilgani bilan ham mashhurdir. Oxirgi vaqtlarda u xususiy mukl hisoblanib, mehmonxonaga aylantirilgan edi.
Endi uyda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan muzey tashkil etiladi. Unda nafaqat ekspozitsiya joylashtirilishi, balki ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun ham sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva telegram kanalida maʼlum qildi: