“Ustoz-2021” milliy mukofoti tanlovi joriy yilning 15 sentyabr kuni boshlanib, 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Interkontinental» mehmonxonasida g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov, o'qituvchilar hamda sohaning qator vakillari ishtirok etdi.
«Ustoz-2021» milliy mukofoti tanlovi uchun tizimdan ro'yxatdan o'tganlar soni bu yil 29 850 nafarga yetdi. Tanlovning ilk bosqichida 4301 nafar nomzod ishtirok etdi. Ulardan 40 nafari finalga yetib keldi.
Tadbir davomida 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi:
- “Tashabbuskor ustoz” - Zakir Rozimov
- “Ta'lim sohasida ko'rsatgan xizmatlari uchun” - Rayxan Tulyakova
- “Umid timsoli” - Mehriniso Norova
- “Boshlang'ich ta'lim fidokor ustozi” - Dildoraxon Umurzakova
- “Matonatli ustoz” - Nilufarxon Olimova
- “Fidoyi ustoz” - Ulug'bek Mamajonov
- “Mehridaryo ustoz” - Xilola Norova
- “Plyus 1” - Iqboljon Kamolov