Unda ijodkorlar Azimjon Aymatov, Ilmira Rahimjonova, Begzod SHaymatov ishtirok etishdi. Yig'ilganlar bilan qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvlar “Mahallada duv-duv gap”, “Mahallamizda yangi O'zbekistonning yangi kinofil`mlari” nomi ostidagi kino oyligi doirasida tashkil qilinmoqda.
Uchrashuvdan so'ng, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Rixsivoy Muhammadjonovning “Qor yog'moqda, oppoq qor” badiiy fil`mi namoyish etildi.