Koʻtaringki shukuhda oʻtkazilgan konsert 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da madaniyat va sanʼat sohasida yangi iqtidorlarni kashf etish va qobiliyatini rivojlantirishga motivatsiya boʻldi, nazarimizda.
Tadbirni filial direktori A. Ayapov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tashkilotchilarga samimiy minatdorchilik bildirib, kelasi ishlarida yangi zafarlar tiladi.
Yoshlarimizni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy madaniyat va sanʼat namunalari bilan tarbiyalash zamon talabi hisoblanadi. Mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan yetuk, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib tarbiyalashda madaniy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2021-yilga Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida: “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini, yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz” – deya taʼkidlagan yedi. Bugun filial oʻqituvchilari talabalar bilan birga sahnaga chiqmoqda. Ayniqsa, oʻlarining ichida birinchi kurs talabalarining borligi, isteʼdodlarini katta sahnada koʻrsatishi biz ustozlarga ham oʻzgacha gʻurur va iftihor bagʻishlaydi – deydi Qoraqalpogʻiston xalq baxshisi, dotsent G. Aximbetova.
Kechada jozibali va jonli kuylangan kuy-qoʻshiqlar, “Tumor” ansambli ijrosidagi turli millatlarning maftunkor raqslari tomoshabinlarga bir olam zavq ulashdi. Talabalarning ustozlari bilan bir safda turib ijod qilishi yertangi kelajagiga ishonch uygʻotadi.
Konsert soʻngida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ertangi muvaffaqiyatlariga zamin yaratayotgan ustozlarni filial direktori tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Asilbek QOLQANATOV
OʻzDSMI Nukus filiali talabasi