Prezident maktablarida joriy etilgan ustozlarni o'qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublari, ta'lim dasturlarining integrasiyalashuviga asoslangan o'qitishning fanlararo yondashuvi, shuningdek, boshqa ko'plab ijobiy tajribalarini xalq ta'limi tizimi bilan o'rtoqlashish maqsadida seminar-trening tashkillashtirildi. Xalqaro tajriba almashish va asosiysi, o'qituvchilarni uzluksiz malaka oshirish mexanizmini yaratish bo'yicha istiqbolli rejalar tuzildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi Tomas Topham tomonidan olib borilgan mazkur seminar-trening Westminster Universitetida bir vaqtning o'zida onlayn va oflayn tarzda o'tkazildi va unda 160 nafaradan ortiq o'qituvchi qatnashdi.