Toxir Sharapovich 1960-yil 17-avgustda Toshkent shahrida tugʻildi. 1982-yili Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil oldi.

U turli tashkilotlarda faoliyat koʻrsatib, 2003-2012-yillar mobaynida ”Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvi raisi lavozimida, 2012-2015-yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshligʻi, 2015-2017-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Toxir Sharapovich oʻzi faoliyat yuritgan barcha jamoalarda nafaqat professional jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyati va jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.