Tekshiruvda “C.R.” UJMSH rahbari A.A. tumandagi “Miskin” MFY hududida joylashgan koʻp qavatli uylarda yashovchi fuqarolardan majburiy badal mablagʻlari hisobidan yigʻilgan 166,1 mln soʻm naqd pul mablagʻlarni bank hisob-raqamiga kirim qilmasdan, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborilganligi, shuningdek, shirkat mulkdorlarining roziligisiz 10,5 mln soʻmni moliyaviy yordam sifatida “E.” MCHJ hisob-raqamiga oʻtkazib yuborib, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.