Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahar uy-joy fondlarini boshqarish, davlat orderi va maʼlumotnomalar berish markazi DUKning gʻaznachi ish yurituvchisi M.Sh. fuqaro M.ga Andijon shahrida yangi qurilayotgan arzon uy-joylardan birini sotib olish uchun subsidiya mablagʻi ajratilishida tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.