Unda fuqaro Q.K. qalbaki valyuta kupyuralarni muomalaga kiritib, oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida “OLX” internet savdo doʻkoni orqali fuqaro R.ning “Iphone 12Pro Max” rusumli uyali aloqa vositasini xarid qilishga kelishib, uchrashgan vaqtida unga uyali aloqa vositasi uchun qalbaki 1 150 AQSH dollari berib ketganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Narpay tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro U.ning 2 dona “Samsung A 21S” rusumli uyali aloqa vositasini har birini 2 mln soʻmdan xarid qilishga kelishib, savdolashilgan 4 mln soʻm oʻrniga qalbaki 400 AQSH dollarini berganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.