Abror Sobirov hozirgi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Abror Sobirov 1991-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2016-yili NamDUni ijtimoiy-madaniy faoliyat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. OʻzXDP aʼzosi, xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi deputati.
Uychi tuman hokimining 2021-yil 22-maydagi qarori bilan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.