Qozon shahridagi “Ak Bars” kurash saroyi mezbonlik qilgan musobaqada 35 mamlakatdan 150 nafardan ziyod kurashchi ishtirok etdi.
Namanganlik polvon, Uychi tumanidagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Oybek Hamidov 57 kilogramm vaznda erkin musobaqa oltin medalni qoʻlga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi. Qirgʻizistonlik kurashchi Mirza uulu Ratbekka qarshi final bahsida Oybek birinchi daqiqadayoq raqibining kuragini yerga tekkizib, gʻalabaga erishdi.
Jahon chempioni oʻz uyida karnay-surnay sadolari ostida bayramona ruhda kutib olindi, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.