Bu orqali ular so'rovni “ushlab” olishi, foydalanuvchini haqiqiyga o'xshash “chap” saytga yuborishi va u kiritgan ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.

Bunday “ushlab” olishdan himoya qilish uchun domen nomlari xavfsizligi tizimi — DNSSEC (Domain name system security extension) qo'llaniladi. U joriy etilgan domen hududlarida firibgarlik amaliyotlari bir necha barobar pasayishi kuzatilgan.

Toshkent shahar hokimligi xabarida aytilishicha, endi bu muhim texnologiya milliy domenimizda paydo bo'ldi. Bu haqida 2021-yil 29-noyabr kuni .UZ (nuqta Uz) milliy domen zonasi ma'mur rolini o'ynaydigan UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator tomonidan ma'lum qilingan. Tegishli ishlar O'zbekiston milliy domen zonasiga xizmat ko'rsatuvchi yettita (shundan oltitasi — O'zbekistonda, bittasi — AQSHda) yuqori darajadagi serverlarda amalga oshirildi, endilikda ular ushbu xavfsizlik texnologiyasini qo'llab-quvvatlamoqda.

Ro'yxatga oluvchi kompaniyalar uchun texnologiyani ishga tushirish bo'yicha seminarda DNSSEC xavfsizlik xizmatidan oxirgi foydalanuvchilar uchun .UZ zonasidagi domen nomlarini ro'yxatga oluvchilar foydalanishi mumkinligi ma'lum qilindi. Bu, ayniqsa, banklar, davlat xizmatlari, onlayn-do'konlar va to'lov tizimlarining veb-saytlari uchun tavsiya etiladi.

Ushbu faol ish raqamli rivojlanish va yuqori darajadagi domenning barqaror va xavfsiz ishlashini ta'minlash yo'lidagi jiddiy va ishonchli qadamdir.