“UzAirways” Navroʻz bayrami arafasida 50 foizgacha chegirmalar joriy etadi

    Transport 3 Mart 2021 814

    Aviakompaniya 20-22-mart kunlari Navroʻz munosabati bilan mamlakat fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar beradi.

    Quyidagilar chegirma bilan chipta olishlari mumkin:

    - individual yoʻlovchilar uchun - 30%;

    - sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, OOʻYu talabalari, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus oʻquv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

    - oila (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari boʻgan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari boʻlgan ona) uchun -50%;

    - nafaqaxoʻrlar uchun - 50%;

    - nogironligi boʻlgan shaxslar uchun - 50%;

    -1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;

    - 1941-1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va begʻubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;

    - Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%.“UzAirways” Navroʻz bayrami arafasida 50 foizgacha chegirmalar joriy etad