Ikki avtomobilning toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvi natijasida avtovoz kabinasi shikastlanganligi sabab ikki haydovchisi ham olingan ogʻir jarohatlar natijasida vafot etdi.
“Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil maʼlumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga koʻra beriladi”, deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.