UzAuto Motors ayrim avtomobillar shartnomasi ochilganini ma’lum qildi

    Bugun, 18-senyabr kuni Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun cheklangan miqdordagi kontraktatsiya ochilmoqda. Shartnomani onlayn tuzib bo‘lmaydi.

    “Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi”, deyiladi kompaniya xabarda.

    Qayd etilishicha, bugun, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.

    Avtomobillar uchun shartnomani faqat Chevrolet'ning dilerlik markazlarida tuzish mumkin. Avval mavjud bo‘lgan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati hozirda yo‘q.

    UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilayotganini eslatgan. “Barcha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o‘z egalariga yetkazib beriladi”, deya ma’lum qilgan kompaniya.

    Rasmiy xabarda qo‘shimcha qilinishicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddatini uzaytiradi.