UzAuto Motors bugun soat 12:00dan “Cobalt”, “Damas” va “Labo” uchun shartnoma berishni boshlaydi

    Transport 22 Dekabr 2023 1445

    UzAutoMotors bugun soat 12:00dan Cobalt, Labo va Damas avtomobillariga kontraktatsiya ochilishini maʼlum qildi. Shartnoma faqat onlayn tuziladi.

    Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Shu kunlarda barcha Shevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan oʻchiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq boʻladi.

    Avtomobillar uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi i((iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.