Kompaniya Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanishiga 100 kun qolganini rasman maʼlum qiladi.

Joriy yilning 30-avgust sanasidan boshlab yangi avlod Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilishingiz mumkin. Avval xabar berilganidek, «UzAuto Motors» AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻp funksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna isitish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan. 

Chevrolet Tracker 2 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka koʻtarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklar va bolalar oʻrindigʻi Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.