Bu haqda kompaniya boʻlimi boshligʻi Maqsud Abduhakimov “Daryo”ga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Loyihalarni boshqarish boʻlimi boshligʻining maʼlum qilishicha, Lacetti Redline diskalari qoraytirilgan holda chiqariladi. Oynalarning tusi ham oʻzgartirilgan (“tonirovka”) boʻladi.

Mashina interyerida ham oʻzgarishlar boʻlgan. Chexol zavoddan qoʻyiladi. Interyer ranglari ham qora va qizil (Redline) aralashmasida boʻladi.

Shuningdek, avtomobil zavod tomonidan kamera bilan jihozlangan. Orqaga harakatlanish vaqtida orqa kamera yoqiladi. Bar ham oldinroqqa chiqarilgan. Faralar ham yangicha uslubda ishlangan.

UzAuto Motors direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning aytishicha, ushbu xizmatlar uchun qoʻshimcha haq olinadi. Hozircha ushbu xizmatlarning qiymati aniq emas. Modellarni ishlab chiqarish 6 oydan soʻng (avgustda) yoʻlga qoʻyiladi.