Joriy yilning 4-avgust kunidan boshlab  deyarli 51 000 ga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga toʻlov amalga oshirildi.

Bu joriy yil yakuniga qadar UzAuto Motors zavodlarining ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiq. 

Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizmini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha avtomobillar 2023-yilda oʻz egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi.

Kutish vaqtini uzayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktatsiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.