UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan soʻng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizatsiya soʻrovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu oʻz navbatida, onlayn savdo tizimining toʻliq bloklanishiga olib keldi.
Onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etadigan bir qator tizimlar ishlamay qolgan paytdan boshlab, UzAuto Motors va tegishli tuzilmalar mutaxassislari tomonidan “UzavtoSavdo” tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini taʼminlash boʻyicha texnik ishlar amalga oshirildi.
Savdo tizimini qayta tiklash ishlari yakunlandi. Kontraktatsiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining rejalashtirilgan butun hajmi sotuvda mavjud boʻladi. Shu bilan birga, qolgan boshqa avtomobil modellari uchun kontraktatsiya doimgidek tartibda amalga oshiriladi.
Ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya bugun, 25-dekabr kuni soat 14:00 da ochiladi. Eʼtibor qarating, tizim xavfsizligini taʼminlash uchun onlayn kontraktatsiya faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.