Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga eʼlon qilindi.
Hujjat loyihasi bilan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Unga koʻra, davlat ishtirokidagi quyidagi korxonalarda komplayens tizimi joriy qilinishi koʻzda tutilgan:
- “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati;
- “Kvars” aksiyadorlik jamiyati;
- “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki;
- “UzAuto motors” aksiyadorlik jamiyati;
- “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati;
- “Navoiazot” aksiyadorlik jamiyati;
- “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati;
- “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyaorlik jamiyati;
- “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish quyidagi mezonlarga javob beradigan barcha subyektlar uchun majburiy hisoblanadi:
- tabiiy monopoliya subyektlari;
- tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
- oxirgi uch yilda (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan jami tushumning oʻrtacha yillik miqdori hajmi 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.