Kompaniya xabariga koʻra, Rustam Rajabov “Oʻzavtosanoat” tarkibidagi tijorat uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar boshqaruvi kompaniyasi (Commercial Vehicles Management) direktori vazifasiga tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Rustam Rajabov avtomobilsozlik sohasida 20 yildan ortiq faoliyat koʻrsatib kelgan. UzAuto Motors rahbari sifatida 2016-yildan beri ishlab kelayotgan edi.