UzAutoMotors avtomobil ishlab chiqarish qachondan boshlanishini ma'lum qildi

    Kompaniya, avvalroq, o'z bayonotida modernizatsiya natijasida avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishiga urg'u bergandi.

    Avvalroq, UzAutoMotors Asakadagi zavodda modernizatsiya ishlari olib borilishi sabab avtomobil ishlab chiqarish vaqtincha to'xtatilishini e'lon qilgandi.

    Endilikda, zavodda avtomobil ishlab chiqarish 17-iyul (dushanba) kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqida kompaniya vakili “Daryo.uz”ga ma'lum qilgan.

    Hozirda modernizatsiya ishlari davom etmoqda. Kompaniya, avvalroq, o'z bayonotida modernizatsiya natijasida avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishiga urg'u bergandi.

    “Ushbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik ishlab chiqarish hajmini qo'shimcha 30 ming donaga oshirish imkonini beradi”, — deya xabar qilgan UzAutoMotors.