"Uzbekistan Airways" kompaniyasi 30 noyabrga qadar 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun ekonom-klass va undan yuqori tariflarga parvoz uchun 25 foizlik chegirma eʼlon qildi.
"Keksalar turizmi oyi" munosabati bilan o‘tkazilayotgan mazkur chegirma "Uzbekistan Airways Sales" filiallarida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.
"Aviachipta xarid qilish jarayonida yoningizda, albatta, pasport yoki ID karta bo‘lishi lozim", deyiladi xabarda.