Parvozlarning tiklanishi haqidagi qaror eng avvalo komfortni ta’minlash va O‘zbekiston avia yo‘nalishidagi reyslarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga qaratilgan.
«Uzbekistan Airways» AJ va Domodedovo o‘rtasidagi hamkorlik aeroportning hamkor-aviakompaniyalarning parvozlari keng maydoni va transfer reyslarining hisobiga O‘zbekistonda turizmning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb fikr bildiradi «Uzbekistan Airways» AJ matbuot xizmati.
«Hamkorligimiz yo‘lovchilar uchun vaqt va uchib o‘tish xarajatlarini qisqartirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi», — deb ta’kidladi Uzbekistan Airwaysning Rossiya Federatsiyasidagi hududiy vakili Akmal Jo‘raev.
«Biz hamkorlikning yangi sahifasini ochyapmimz va bozorda Uzbekistan Airwaysning pozitsiyasini mustahkamlash uchun aeroportning texnologiyalari va kompetensiyalarini joriy etishni maqsad qilganmiz. Shuni ishonib ayta olamanki, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati sayyohlarni jalb eta oladi, aviakompaniya reyslaridagi qulaylik va yuqori darajadagi xizmat Domodedovodan uchish istagining oshishiga xizmat qiladi» — dedi Moskvaning Domodedovo aeroporti direktori Andrey Pavlov.