Qayd etilishicha, Toshkentda joylashgan aviachiptalar sotuvi boʻyicha “Uzbekistan Airways Sales” bosh ofisi 2022-yil 5-iyulidan avgust oyi soʻnggiga qadar yozgi ish jadvalida oʻtdi. Endi “Uzbekistan Airways Sales” filiali har kuni soat 09:00 dan kechki 21:00 gacha faoliyat koʻrsata boshlaydi. Bu esa xizmat koʻrsatiluvchi yoʻlovchilar sonini 20-25 foizga oshiradi.

Hozirda markaziy sotuv ofisi kuniga 600 ga yaqin yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda. Maʼlumot uchun, aviakompaniyaning markaziy “Uzbekistan Airways Sales” filiali, Toshkent shahri Amir Temur shox koʻchasi 51 uyda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlarida istiqomat qiluvchi yoʻlovchilar esa mahalliy aeroport hududida joylashgan aviakassalar yoki aviakompaniya tarmogʻiga kiruvchi agentlardan aviachipta xarid qilishlari mumkin.

Bugungi kunda Oʻzbekiston boʻylab Uzbekistan Airways AJ ning:

- Toshkent shahrida 169 ta

- Toshkent viloyatida 3 ta

- Jizzax viloyatida 2 ta

- Samarqand viloyatida 37 ta

- Buxoro viloyatida 22 ta

- Navoiy viloyatida 1 ta

- Fargʻona viloyatida 20 ta

- Namangan viloyatida 23 ta

- Andijon viloyatida 19 ta

- Qashqadaryo viloyatida 4 ta

- Surxondaryo viloyatida 12 ta

- Xorazm viloyatida 28 ta

- Hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 11 ta, jami butun respublika boʻylab 351 ta agentlar faoliyat yuritmoqda.

Aviakompaniya yoʻlovchilari uchun bugungi kunda aviachipta xarid qilishning bir necha turlari taklif etilmoqda, bulardan biri markaziy aviakassa, agentlar tarmogʻi hamda aeroport hududida joylashgan aviaksassadan, aviakompaniya rasmiy sayti www.uzairways.com dan 3% chegirma bilan aviachipta xarid qilish, “Slick”, “Rayme” yoki telegram botdan ham chipta sotib olish mumkin.

Qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, “Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan 2022-yil 9-iyuldan 12-iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflariga eʼlon qilingan 50% chegirmalar hali hamon amalda.

Bugungi kun holatiga ushbu chegirmadan 2158 ta aviachipta xarid qilingan.