"Uzbekistan Airways" samolyotlari sotuvga qo'yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Uzbekistan Airways"ning 18 ta samolyot va 1 ta simulyatorini sotish uchun konsalting kompaniya tanlab olish yuzasidan tanlov e'lon qildi. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Uzbekistan Airways"ning ayrim samolyotlarini sotish yuzasidan professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to'g'risida e'lon berdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma'lum qildi

Ma'lum bo'lishicha, aktivlar — 18 ta samolyot va 1 ta simulyator bo'lib, ular 6 ta lotga bo'lingan tartibda sotuvga chiqariladi.

«Shu bilan birga, konsul`tantning tavsiyalari asosida bozor talablari va tahlil natijalariga muvofiq lotlar tarkibi o'zgartirilishi mumkin», — deyiladi agentlik xabarida.

Mavzuga oid materiallar