Uzbekistan Airways yoshlar uchun chegirmalarni eʼlon qildi

    Transport 26 Dekabr 2023 759

    Uzbekistan Airways 1-yanvardan boshlab barcha mahalliy yoʻnalishlar aviachiptalari tarifidan 15 foizlik chegirma eʼlon qiladi.

    Chegirmalar 12 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun boʻlib, 2024-yilning 10-yanvariga qadar bajariladigan parvozlar uchun amal qiladi.

    Chegirmali aviachiptalarni 2023-yil 26-dekabrdan boshlab Uzbekistan Airways Sales filialida va Oʻzbekiston Respublikasidagi aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Baʼtafsil maʼlumot www.uzairways.com saytida.