“Uzbekistan GTL” zavodi AQSHning Hydrocarbon Processing Awards nufuzli mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritildi

    Voqea-hodisalar 9 Avgust 2022 1551

    “Uzbekistan GTL” zavodi loyihasi AQSHning neft va gazni qayta ishlash sohasidagi yetakchi boʻlgan Hydrocarbon Processing jurnalining HP Awards nufuzli mukofotining “Eng yaxshi gazni qayta ishlash texnologiyasi nominatsiyasi”da kuchli uchlikka nomzod sifatida tanlandi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning “Uzbekistan GTL” tarkibiy boʻlinmasi Oʻzbekistondagi GTL zavodi AQSHning yetakchi texnik “Hydrocarbon Processing” nashri tomonidan “ulkan yutuqlari uchun” soha mukofoti uchun eng kuchli uchlikka nomzod sifatida tanlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi Zavod “Eng yaxshi gazni qayta ishlash texnologiyasi nominatsiyasi”da nomzod boʻldi va nufuzli “NR” mukofotlari Maslahat kengashi tomonidan ovozga qoʻyildi.

    “Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev shunday taʼkidladi:

    “Uzbekistan GTL zavodining ushbu mukofotga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgani “Oʻzbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati uchun katta sharafdir. Bu bizning biznes va tashkiliy faoliyatimizning barqarorligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarimiz xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganidan dalolatdir. Bu juda ilhomlantiradi. Men hamkasblarim, hamkorlarimiz va ushbu eʼtirofga erishish yoʻlida fidoyi mehnat qilgan barcha insonlarga minnatdorchiligimni bildiraman.”

    Uzbekistan GTL Bosh direktori, Faxritdin Abdurasulov shunday dedi:

    “Bu “Uzbekistan GTL” va bizning minga yaqin ishchi-xodim va muhandislar va ushbu ajoyib zamonaviy inshootni Oʻzbekistonda ishga tushirishga oʻz hissasini qoʻshgan barcha insonlar uchun juda faxrli lahzadir. Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish ushbu loyihada tinimsiz va fidoyilik bilan ishlagan xalqaro mutaxassislar jamoasi uchun katta ahamiyat kasb etgan boʻlar edi”.

    Bu yilgi mukofotlar gʻoliblari 2022-yil 12-oktyabrda Xyustonda boʻlib oʻtadigan tadbirda eʼlon qilinadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.